Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikrom Aliboyev yarim finalda. Uning fantastik goli OFK so‘rovnomasida g‘olib bo‘la oladimi?

Ikrom Aliboyev yarim finalda. Uning fantastik goli OFK so‘rovnomasida g‘olib bo‘la oladimi?

Foto: «the-afc.com»

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi saytida Chempionlar ligasi tarixidagi eng chiroyli golni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ikrom Aliboyevning goli so‘rovnomaning chorak finalida «Guanchjou Evergrand» yarim himoyachisi Paulinoning golini katta farq bilan ortda qoldirdi.

Endi yarim finalda Ikromga saudiyalik futbolchi Saud Hariri raqiblik qiladi. Garchi, golning chiroyliligi borasida futbolchimizda ustunlik bo‘lsa-da, Aliboyevga bu «bahs»da ancha qiyin bo‘ladi. Chunki saudiyaliklar bunday so‘rovnomalarda o‘z hamyurtlarini yaxshi qo‘llab-quvvatlashadi.

Siz ham ushbu havola orqali hamyurtimizning «Al-Vahda» darvozasiga maydon markazidan urgan golini tomosha qilishingiz va unga ovoz berishingiz mumkin.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring