Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ikki davlatga qarshi turish uchun Bayden 715 milliard dollar talab qilyapti

Ikki davlatga qarshi turish uchun Bayden 715 milliard dollar talab qilyapti

Foto: «Whitehouse.gov»

AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy va Rossiyadan bo‘ladigan tahdidni to‘xtatib turish uchun Kongressdan Pentagonga 715 milliard dollar ajratishni so‘ramoqda.  Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilingan prezident budjeti loyihasida ma’lum qilingan.

«Prezidentning 2022-yilgi so‘rovida AQSh Mudofaa vazirligiga 715 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. Bunga Xitoyni to‘xtatib turish ham kiradi. So‘rovda Pentagonning asosiy vazifasi sifatida Xitoydan bo‘ladigan tahdidga qarshi turishga urg‘u berilgan. Mudofaa vazirligi, shuningdek, Rossiya tomondan bo‘ladigan beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlarni to‘xtatib turishga harakat qiladi», deyilgan hujjatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring