Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB: «Tonirovka» qilishga shoshilmang!

IIBB: «Tonirovka» qilishga shoshilmang!

Foto:«Regnum»

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati «tonirovka» masalasi bo‘yicha haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.

«Hurmatli haydovchilar! Internet tarmoqlarida ba’zi shaxslar avtomobil oynalarini qoraytirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishlarini bildirib, fuqarolarning ishonchidan foydalangan holda ushbu xizmatni ularga taklif qilayotganliklari to‘g‘risidagi bizga kelib tushayotgan xabarlarning soni ortib bormoqda. Biz sizdan Tegishli qaror kuchga kirgani to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinguniga qadar shoshmaslikni so‘raymiz» deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oynalarning tusini o‘zgartirish uchun IIV YHXBB vakillaridan tegishli ruxsat va plyonka olinishi zarur.

Amaldagi qonunichilikni buzgan shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar, deya eslatiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring