Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB pul solingan seyfni o‘g‘irlaganlardan aybni bo‘yniga olib, bo‘limga kelishni so‘ramoqda

IIBB pul solingan seyfni o‘g‘irlaganlardan aybni bo‘yniga olib, bo‘limga kelishni so‘ramoqda

Foto: IIBB matbuot xizmati

7 sentyabr kuni Shayxontoxur tumanidagi «Charx Novza» mahallasida uch nafar shaxslari aniqlanmagan kimsalar to‘rt qavatli turar-joyning ikkinchi qavatidagi xonadondan ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni o‘g‘irlab ketishdi. Ushbu jinoyatni fosh etish ustida tezkor-tergov guruhi ish olib bormoqda. Jinoyat qisqa muddatda fosh etilishi uchun Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan barcha imkoniyatlar ishga solinadi, sodir etganlar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortiladilar.

Shu bilan birga mazkur jinoyatga aloqador shaxslarga eslatib qo‘ymoqchimizki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasida, aybni bo‘yniga olish jazoni yengillashtiruvchi holat deb topilgan. Ushbu jinoyatga aloqador shaxslarga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga kelishlarini yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini va jinoyatni fosh etilishida ishtirok etishlarini taklif qilamiz.

Aks holda javobgarlikka tortilish vaqtida jazo yengillashtirilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring