Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ichan qal’a» muzey qo‘riqxonasi xalqaro festival e’tirofida

«Ichan qal’a» muzey qo‘riqxonasi xalqaro festival e’tirofida

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan «Intermuzey-2019» xalqaro festivalida ilk bor «Ichan qal’a» muzey-qo‘riqxonasi o‘zining Smart-muzeyi bilan ishtirok etadi.

Mazkur festival 2019-yil 30-may — 2-iyun kunlari Moskva shahrining «Manej» markaziy ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, festival muzey sohasida yilning asosiy tadbirlaridan biridir. «Intermuzey» xalqaro festivalining ekspozitsiya qismi biznes va madaniy dasturlar, shuningdek, ishtirokchi muzeylar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlardan iborat. Festival har yili Rossiya muzeylaridan tashqari yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga tegishli 400 dan ziyod muzeylarni birlashtiradi. Bu yerda shuningdek, 3000 dan ortiq professional muzey xodimlari o‘zaro fikr almashishlari mumkin.

Yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oshirish, chet ellik individual sayyohlarga qulaylik yaratish, sayohat taassurotlarini eslab qolish va turistik manzillarga e’tiborni oshirish maqsadida may oyining boshida «Ichan qal’a» muzey-qo‘riqxonasida Nazzar innovatsion dasturi joriy etilgan edi. Ushbu dastur asosidagi Smart-muzeylarning taqdimoti «Intermuzey» xalqaro festivalida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring