Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Huquqiy axborot» kanali rasmiy maqomga ega bo‘ldi

«Huquqiy axborot» kanali rasmiy maqomga ega bo‘ldi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

«Huquqiy axborot», «Pravovaya informatsiya» va «Legal Info» kanallari Telegram tarmog‘ida verifikatsiya qilindi.

Xabaringiz bor, 2017-yil oktyabr oyida qabul qilinayotgan qonun hujjatlari haqida aholiga tezkor ravishda yetkazish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «Huquqiy axborot» kanali faoliyati tashkil etilgan edi.

Mazkur kanal faoliyatining doimiy takomillashtirilib borilishi natijasida, hozirda ushbu kanal huquqiy mavzular bo‘yicha o‘ziga xos axborot agentligi vazifasini ham bajarib kelyapti.

Xususan, kanal orqali 2018-yilda 2 400 ta material tarqatilgan, ushbu materiallar jami 123 mln marta ko‘rilgan.

Yaqinda foydalanuvchilar talabidan kelib chiqib, ushbu telegram kanalining rus va ingliz tillaridagi versiyalari ham ishga tushirildi.

«Huquqiy axborot»ga o‘xshash kanallar paydo bo‘lganligi, ular orqali aholini chalg‘ituvchi axborotlar tarqatilayotganligi tufayli kanalning uch tildagi shakliga ham maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisi olindi.

Endilikda, kanal nomidagi maxsus ko‘k belgi orqali uni osongina ajratib olish mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring