Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Alisher Navoiy» hujjatli filmining namoyishi o‘tkazildi

«Alisher Navoiy» hujjatli filmining namoyishi o‘tkazildi

Foto: «O‘zbekkino» 

Joriy yilning 9-fevral kuni buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan «O‘zbekkino»  Milliy agentligida «Alisher Navoiy»  hujjatli filmining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Premerada Agentlik rahbariyati, 30ga yaqin navoiyshunos, adabiyotshunos olimlar, kinomutaxassislari hamda yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

«Alisher Navoiy»  hujjatli filmi «O‘zbekkino»  Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi»  DUK hamda «Spectre» studiyasi tomonidan suratga olingan. Film ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, rejissyor assistenti Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxo‘ja Abdug‘aniyev.

Ushbu tarixiy hujjatli film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan shoir tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlab, mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida yaratildi. «Alisher Navoiy»  filmi «Xalq yuragi» nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.

– Film aynan 9-fevral kuni navoiyshunos olimlar uchun namoyish qilinayotgani bejiz emas. Loyiha keng ommaga taqdim etilishidan oldin mutaxassislarning bunday «ko‘rig»idan o‘tishi har tomonlama sifatli mahsulot yaratilishiga xizmat qiladi. Hujjatli filmning yana bir ahamiyatli jihati u yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilganidir. Ularning qarashi o‘zbek yoshlariga samaraliroq yetib boradi. Bilamizki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda yoshlarga juda katta e’tibor berilmoqda. Biz ham yosh kinoijodkorlarni qo‘llagan holda ushbu hujjatli filmni suratga olishni ularga ishonib topshirdik, — deya fikr bildirdi Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

Foto: «O‘zbekkino» 

Namoyishdan so‘ng film bilan bog‘liq muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Hujjatli film haqida ijobiy fikrlar bildirilib, muhim taklif va tavsiyalar berildi. Eslatib o‘tamiz, so‘ngi paytlar Agentlik tomonidan filmlarni keng ommaga namoyish etishdan oldin mutaxassislar bilan fikr almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: «O‘zbekkino» 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring