Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning sobiq o‘rinbosari o‘limi sababi ma’lum qilindi

Hokimning sobiq o‘rinbosari o‘limi sababi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Marg‘ilon shahar hokimining sobiq o‘rinbosari Farg‘ona shahridagi o‘z uyida osilgan holatda topilgani xabar berilgan edi. Ushbu hodisa yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan «Xabar.uz»ga batafsil ma’lumot taqdim etildi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismidan 2019-yil 30-noyabr kuni soat 11:00larda kelib tushgan xabarga ko‘ra, Farg‘ona shaharida yashagan, 1984 yilda tug‘ilgan E.T. o‘zining yashash xonadoni yerto‘lasida kabeldan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi osib vafot etgan.

Mazkur xabar asosida Farg‘ona shahar prokuraturasi, shahar IIB  xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

E.T. murdasi sud tibbiy ekspert ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning bo‘yin yuqori sohasida oldindan orqaga yo‘nalgan bir yo‘lli strangulyasion egat mavjudligi aniqlangan. Boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. 

E.T.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o‘limiga «bo‘yin a’zolarining yarim qattiq jism bilan siqilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya» sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lum qilinishicha, E.T. oilali bo‘lgan, 3 nafar farzandi bor. 2018-yil 20-avgustda Marg‘ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, 2019-yil 2-aprelda o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring