Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘quvchiga «5» baho qo‘ydi

Hokim o‘quvchiga «5» baho qo‘ydi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan maktablarda hokimlar dars o‘ta boshlagani haqida xabar berilgandi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ham bu tashabbusga qo‘shildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Guliston shahrida  Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ilk o‘quvchilarini qabul qildi. Ijod maktabining ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi.

So‘ngra  viloyat hokimi Sardoba tumanidagi 18-maktabda bo‘lib o‘tgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» bayram dasturlarida qatnashdi va yuqori sinf o‘quvchilariga «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi.  

Viloyat hokimi o‘quvchilarning fizika, matematika, ona tili fanlari bo‘yicha bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar asosida sinovdan ham o‘tkazdi. Hokim ona tili bo‘yicha bergan mashqlarini to‘g‘ri bajargan va savollariga to‘liq javob bergan o‘quvchi Madina O‘rozboyevaning kundaligiga «5» baho qo‘yib berdi.

Sinf rahbari Dilfuza Berdibekovaga darslarda foydalanishi uchun planshet, o‘quvchilarga esa kitoblar sovg‘a qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring