Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisob raqam ochish, ariza berish, onlayn omonat — Milliy bank bilan hammasi oson

Hisob raqam ochish, ariza berish, onlayn omonat — Milliy bank bilan hammasi oson

Hisob raqam ochish, kredit olish uchun ariza berish, onlayn omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalari.... Mana shunday xizmatlarni tez va sifatli amalga oshiruvchi Milliy bankning yana bir hududiy markazi o‘z faoliyatini boshladi. Manzil esa Toshkent viloyatining Olmaliq hamda Chirchiq shaharlari. Markaz xodimlari zamonaviy kommunikatsiya vositalari hamda mebellar bilan to‘liq jihozlangan yangi binoda faoliyat boshladilar.

Mazkur zamonaviy bank xizmatlari markazi ancha ixchamlashgan, ham maydon jixatdan, ham ishchilar soni jixatidan. Shunday bo‘lsada uning ish berish samarasi ancha o‘sgan. Sababi bu yerda barcha birlamchi xizmatlar ko‘rsatiladi, va ularnini amalga oshiruvchi asosiy kuch universal personallardir. Xo‘sh universal xodimga ega markaz qulayligi nimada o‘zi?

— Bungi kunda markazimizda eng kamida 5 yillik ish tajribasiga ega xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Xodimlarning universalligi shundaki, mijozni qiziqtirgan har qaysi bank xizmati haqida ma’lumot berish, so‘ralgan xizmatni ko‘rsatish imkoniga ega, — deya ta’kidlaydi «O‘zmilliybank» AJ Olmaliq bank xizmatarini ko‘rsatish markazi mudiri Umil Umarov. — Misol uchun, valyuta ayriboshlash uchun mijoz markazimizga keldi. Mijozni kredit xizmatlarimiz qiziqtirib qoldi. Mijoz bilan ishlayotgan xodim kredit bo‘yicha barcha tamoyillarni tushuntirib berish bilan birga shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish bilimiga ega. Mijoz birinchidan vaqt yo‘qotmaydi, ovora ham bo‘lmaydi.

O‘zmilliybankning Olmaliq shahar filiali qoshida tashkil etilgan ushbu markazida 14 ta universal xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari bu yerga 2 ta pul ayriboshlash bankomatlari joylashtirilgan. Mazkur 80 kv metrlik binoning 2 qavatida 7 ta xodim yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.

— 1998 yildan beri «O‘zmilliybank» mijoziman. Xizmat ko‘rsatish sifati yuqori va qator qulayliklarga ega bo‘lgani uchun mazkur bank bilan hamkorlik qilaman, deydi bank mijozi, — Saidolimxon Mamadov. — Kredit olsak ham, pul mablag‘larini o‘tkazsak ham barchasi tezda amalga oshiriladi. Xodimlar o‘z ishini yaxshi biladigan malakali va xushmuomala. Bank sohasidagi yangiliklar va yangi xizmatlardan doimiy ravishda boxabar qilib turishadi.
Ta’kidlash kerakki, aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, «O‘zmilliybank» AJ tomonidan «Bank xizmatlarini ko‘rsatish markazlari» geografiyasi yanada kengaytirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring