Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston va bangladeshlik tadbirkorlar vodiyga keldi

Hindiston va bangladeshlik tadbirkorlar vodiyga keldi

Foto: «Xabar.uz»

Shu kunlarda mamlakatimizga Hindiston va Bangladeshning tekstil, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, logistika va boshqa  yo‘nalishlarga ixtisoslashgan kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilmoqda. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.

Xorijlik ishbilarmonlarning bir guruhi 5-6-aprel kunlari Namangan, 7-8-aprel kunlari Andijon viloyatiga keldilar.

Tashrif davomida xorijiy tadbirkorlar viloyat hokimlari qabulida bo‘lib samarali muzokaralar o‘tkazishgan. Bundan tashqari delegatsiya a’zolari viloyatlar hududlariga, ishlab chiqarish korxonalariga borib, joylardagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Namangan viloyatida shifoxona tashkil qilish va tekstil yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirish bo‘yicha birlamchi kelishuvlarga erishildi.

Andijon viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston-Hindiston farmatsevtika yo‘nalishiga ixtisoslashgan Erkin Iqtisodiy zonasidagi qo‘shma loyihalarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

 Ishbilarmonlarning O‘zbekiston bo‘ylab tashrifi davom etmoqda.

Qayd etilishicha, bir necha kunlardan so‘ng yana bir guruh hindistonlik tadbirkorlarning Andijon va Namangan viloyatlariga kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring