Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hayratlanarli texnologiyalar, robotlar... Toshkentdagi ko‘rgazmada (foto)

Hayratlanarli texnologiyalar, robotlar... Toshkentdagi ko‘rgazmada (foto)

Foto: «O‘zA»

Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar zalida «INNOWEEK – 2019» innovatsion g‘oyalar haftaligi boshlandi.

«INNOWEEK – 2019» doirasida 30 dan ortiq mamlakatdan kelgan 6000 ga yaqin ishtirokchi jam bo‘ldi.

Haftaliking dastlabki kunida bir qator muhim tadbirlar o‘tkazildi.

Uning doirasidagi innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasida mahalliy hamda xorijiy innovatsion va ilmiy markazlar, investitsiya jamg‘armalari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes inkubatorlar o‘zlarining eng so‘nggi texnologiyalari, innovatsion loyihalari, prototiplari va biznes modellari bilan ishtirok etmoqda.

«INNOWEEK–2019» dasturidan, shuningdek, Xalqaro innovatsion-investitsion forum, IRC xalqaro robototexnika chempionati, Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Innovatsiyalar va texnologiyalar transferida intellektual mulkning ahamiyati» mavzusidagi mintaqaviy seminar, «Innovatsion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi, «Future Foresight» seminar-treninglar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring