Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilar tinglashi tavsiya etilmaydigan 5 qo‘shiq ro‘yxati tuzildi

Haydovchilar tinglashi tavsiya etilmaydigan 5 qo‘shiq ro‘yxati tuzildi

Foto: «Zr.ru»

Agar sizni kimdir katta tezlikda quvib o‘tib ketdimi, uning salonida kamida chinqiriq ovozli Mayli Sayrus kuylayapti. Nima bo‘lganda ham o‘ziga xos tadqiqot o‘tkazgan Janubiy Xitoy texnologiya universiteti olimlari ushbu xonandaning «Party In The USA» qo‘shig‘ini yo‘lda tinglash eng xavfli qo‘shiqlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yishdi.

Xitoylik olimlar qaysi xildagi musiqalar haydovchining mashina boshqarishiga xalaqit berishini o‘rganish uchun ushbu tadqiqotga qo‘l urishgandi.

Avvaliga olti yo‘lakli yo‘lda o‘z mashinalarida o‘tishga rozi haydovchilarni topishdi. Birinchi yurishda — tinch, hech qanaqa musiqalarsiz. Ikkinchisida magnitofon (pleyer) qulog‘ini buragan holda. Qizig‘i, birinchisida mashinalar risoladek ketayotgan edi, salon musiqa sadolariga to‘lishi bilan haydovchilarning kayfiyati, unga qo‘shilib mashinalarning tezligi ham ko‘tarilib ketdi.

Xabarga ko‘ra, musiqa jaranglaganidan so‘ng tezlik o‘rtacha soatiga 5 milga oshgan.

Yo‘lda rok-musiqa tinglab ketayotganlar 20 daqiqada o‘rtacha 70 ta mashinani quvib o‘tishgan.  Ayniqsa, haydovchilarga «Green Day»ning «American Idiot» qo‘shig‘i hammadan ko‘p salbiy ta’sir ko‘rsatgan. «Amerikalik telba»ni tinglagan haydovchilar eng ko‘p tezlikni oshirib, xavfli xatti-harakatlarni sodir etishgan.

Eng xavfli qo‘shiqlar (top-5)

  1. Green Day — «American Idiot»
  2. Miley Cyrus — «Party In The USA»
  3. The Killers — «Mr Brightside»
  4. The Chainsmokers — «Don’t Let Me Down»
  5. Bruce Springsteen — «Born To Run»

Tadqiqotchilar «eng xavfsiz qo‘shiqlar»ni ham «topishdi. Bularni mashinada bemalol eshitish mumkin deyishmoqda:

Eng xavfsiz qo‘shiqlar (top-5)

  1. Led Zeppelin — «Stairway To Heaven»
  2. Red Hot Chili Peppers — «Under The Bridge»
  3. Drake — «God’s Plan»
  4. Toto — «Africa»
  5. Khalid — «Location»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring