Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Havodan pul qilish «san’ati». Yoki 15 000 AQSh dollari nasib qilmadi

Havodan pul qilish «san’ati». Yoki 15 000 AQSh dollari nasib qilmadi

Foto: «Yandeks»

Qalovini topsang qor yonadi, degan gap bor.  Biroq bu birovning burniga ustun qo‘yib, «soqqasini ol» deganimas-da. Qolaversa, birovning haqi kimga buyuribdi, deysiz?!

«Aqlli gaplar»dan muddaoga o‘tsak, «Hazorasp universal savdo kompleksi» AJ huquqshunosi A.R. qorni yondirib, havoda pul qilmoqchi bo‘lgan chog‘i... U jamiyat hududida yangi savdo kompleksi qurilajagi haqida yolg‘onlariga xususiy tadbirkor T. N. laqqa ishonganidan foydalanib, unga yaxshilik qo‘lini cho‘zadi, go‘yo. Ya’nikim, qurilajak kompleksdan 5 ta savdo do‘kon va’da qiladi va har bir do‘kon uchun 3 ming AQSh dollari  miqdorida «shapka» so‘raydi. Biroq ishi nainki o‘xshamadi, balki ayanchli yakun topdi: u beshta do‘kon ustidan jami 15 000 AQSh dollari olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring