Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugungi ob-havo ma’lumoti

Bugungi ob-havo ma’lumoti

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39°, shimolda, janubda, va cho‘l hududlarda 41-42° bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° ni tashkil etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-31° bo‘ladi.

22 iyul kunlari kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring