Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedovning Porega qarshi jangdan qancha pul ishlashi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedovning Porega qarshi jangdan qancha pul ishlashi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Instagram»

«Life» yozishicha, dog‘istonlik UFC chempioni Habib Nurmagomedovning gonorari ancha oshgan.

Chempionning otasi Adbulmannop Nurmagomedov Abu-Dabida Dastin Porega qarshi o‘tkaziladigan jangda Habibning ulushi qancha ekanligini ma’lum qildi. Agar bir yil avval Konor Makgregorga qarshi jang uchun rossiyalik sportchi 2 million yevro atrofida pul ishlagan bo‘lsa, bu safar u kamida 6 million yevro oladi.

«Gonorar 3–3,5 baravar ko‘p bo‘ladi. Maydalashib o‘tirmaymiz, o‘z narximizni bilamiz. Ikki million — biz uchun kamlik qiladi, chunki hozir eng yaxshisi bizmiz. Eng zo‘rlarni yengdik, bundan keyin ham eng yaxshilar bilan jang qilishga tayyormiz. Biz nomdorroqmiz — buni hamma biladi. Zalga kirganda ko‘rasiz: Poreni qanday qarshilashadi-yu, Habibni qanday kutib olishadi, — dedi Abdulmannop Nurmagomedov TASSga bergan intervyusida.

Habib jangga qizg‘in tayyorlanyapti. U taroziga chiqiladigan juma kuniga qadar ortiqcha olti kilogramm vazndan qutulishi shart.

Eslatib o‘tamiz, UFC chempionligi uchun Pore va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang Abu-Dabi (BAA)da 7-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring