Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaning advokati: «Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i bint bilan bog‘langan»

Gulnora Karimovaning advokati: «Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i bint bilan bog‘langan»

Foto: Advokatning tvitter sahifasi

Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja tvitterida yana bir bor mijozining ahvoli yaxshi emasligi haqida yozdi:

«Zangiotadan qaytyapman. Mijozimning ahvoli og‘ir. Qon bosimi baland. Oyog‘i bint bilan bog‘langan. Hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti. Hushidan ketish holatlari ko‘p kuzatilgan».

U hukumatdan mijozini bu tarzda ushlab turishni bas qilishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, shvetsariyalik advokat avvalroq ham bir necha bor «Twitter»da Gulnora Karimovaning sog‘lig‘idan jiddiy tashvishda ekanligini yozgandi, ammo Bosh prokuratura bu bayonotlarni rad etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring