Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziya O‘zbekiston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi

Gruziya O‘zbekiston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi

Foto: «Newsgeorgia.ge»

Tegishli qaror bugun idoralararo muvofiqlashtirish kengashi tomonidan qabul qilindi, deya xabar berdi mamlakat hukumati matbuot xizmati.

Qarorga muvofiq, chegarada O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston fuqarolari safardan 72 soat oldin o‘tkazilgan PZR testi manfiy chiqqanligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etishlari kerak. Gruziyada bo‘lgan vaqtlarining uchinchi kunida ular o‘z mablag‘lari hisobidan qayta tekshiruvdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.

Hozirda barcha sayyohlar uchun quruqlik va dengiz chegaralari yopiqligicha qolmoqda.  Yengilliklar faqat mamlakatga samolyot orqali kelganlarga taalluqli.

2021-yil 1-martdan Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Rossiyaning koronavirusga test natijasi manfiy chiqqan fuqarolariga ham Gruziyaga kirishlari uchun ruxsat berildi.  Xuddi shunday qoidalar avvalroq Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Isroil, Shveysariya, Norvegiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Qatar, BAA, Bahrayn, Turkiya fuqarolari uchun o‘rnatilgan edi.

Epidemiologik vaziyat yaxshilangani bois Gruziya rasmiylari 2020-yil martidan boshlab 1-fevraldan beri amalda bo‘lgan muntazam parvozlarga qo‘yilgan taqiqni butunlay bekor qildi.

Koronavirusga qarshi to‘liq vaksinatsiya kursini o‘tagan barcha chet elliklar hech qanday to‘siqsiz Gruziyaga kirish huquqiga ega. Faqat buning uchun chegarada tegishli hujjatlarni taqdim etishlari darkor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring