Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Go‘sht narxi keskin ko‘tarildi...

Go‘sht narxi keskin ko‘tarildi...

Keyingi kunlarda o‘zbek jamiyatini ortiq darajada tashvishlantirayotgan muammo biz kun tartibiga chiqarayotganimizdek telba-teskari va pala-partish qarorlar ham emas, – deb yozmoqda «Davletovuz» kanali, – xususiylashtirish va davlat aktivlarini yangi egasini belgilash bo‘yicha shaffof bo‘lmagan va savol ostidagi bitimlar ham emas, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini oshirishi yoki o‘z holicha qoldirishi ham emas, balki iste’mol bozorida go‘sht narxining keskin ko‘tarilishidir.

Maslou piramidasi bo‘yicha har qanday inson, eng avvalo, fiziologik ehtiyojlari haqida qayg‘uradi, keyin qolgan muammolarga o‘tiladi. Tabiat qonuni bu.

Biz hozir go‘sht narxi ko‘tarilishiga «Har bir oila tadbirkor» dasturi sabab bo‘ldi yoki Qozog‘iston mol eksportini chekladi, kabi gipotezalarni olg‘a surmoqchi emasmiz. Hukumatga, mas’ullarga chaqirig‘imiz bitta, iltimos, bozorga aralashmanglar. Go‘sht narxini pasaytirish bo‘yicha majlis qilish, bozorda yurib yorliqlarni o‘zgartirib chiqish, majburlab arzon go‘sht sotdirishdan foyda yo‘q, ma’nisiz direktivalar bilan badtar ahvolni yomonlashtirganingiz qoladi.

Bir safar bozor o‘zini o‘zini tartibga solishiga qo‘yib beringlar. Agar istak bo‘lsa, qo‘shni davlatlardan tirik qoramol importi jarayonini soddalashtiringlar, lekin bunday istak sizlarda yo‘q, yaxshisi hech nima qilmanglar. Sizlarning eng katta foydangiz shu bo‘ladi, deb yozadi «Davletovuz» kanali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring