Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» «Lacetti» avtomobilini 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga sotib olishni taklif qilmoqda

«GM Uzbekistan» «Lacetti» avtomobilini 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga sotib olishni taklif qilmoqda

Foto:«MotorPage»

«GM Uzbekistan» AJ «O‘zagrosug‘urta» AJ bilan birgalikda «Chevrolet Lacetti» avtomobilini 1 yil foizsiz muddatli to‘lovga sotib olishni taklif qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aksiya shartlariga asosan xaridor «Lacetti» uchun 80 mln so‘m, gazballon uskunali (GBU) «Lacetti» avtomobili uchun 85 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirib, qolgan summani bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniga ega.

Buning uchun xaridor shartnoma tuzayotgan vaqtda «O‘zagrosug‘urta» mutaxassislari o‘sha joyning o‘zida muddatli to‘lovga berilayotgan summaning 3 foiz miqdorida moliyaviy xatardan hamda muddatli to‘lov summasining garov qiymatidan 1 foiz miqdorda sug‘urta polisini rasmiylashtiradi.

Aytish joizki, avtomobil to‘liq to‘lov amalga oshirilmagunga qadar dilerda garovda bo‘ladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, oylik to‘lovlar shartnoma tuzilgan sanadan keyingi oyning har 15 sanasigacha amalga oshirilishi lozim. Shartnoma muddati va to‘lov shartlari buzilishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda kelishuv bekor qilinadi.

Avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilishlari mumkin.

Aksiya 2019-yilning 30-apreliga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring