Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Galstuksiz uchrashuv. AKT vazirligi huzurida jurnalistlar mediaklubi tashkil qilindi (video)

Avval xabar berganimizdek kecha, 24 oktyabr kuni Toshkentdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki shou-rumida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov jurnalist va blogerlar bilan uchrashdi.

Galstuksiz o‘tgan uchrashuvda AKT vaziri ommaviy axborot vositalari xodimlariga axborot texnologiyalari sohasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Qizg‘in o‘tgan ochiq muloqotda AKT vaziri hamda soha mutasaddilari jurnalist va blogerlarning savollariga javob berishdi. 

Uchrashuv davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari yaratgan dasturiy mahsulotlar namoyish qilindi.

OAV vakillari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT-Park hududida olib borilayotgan binolar qurilishi bilan tanishishdi.

Jurnalistlarning Toshkent teleminorasiga ekskursiyasi ham tashkil etildi.

Ochiq muloqotga soha mutasaddilari jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgani sezildi. Eng muhimi, tadbirda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov bunday ochiq muloqotlar doimiy o‘tkazilib turilishini ma’lum qilib, vazirlik huzurida Jurnalistlarning mediaklubi tashkil qilinganini alohida qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring