Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FVV Jizzaxda qulab tushgan ko‘pqavatli bino bo‘yicha ma’lumot berdi

FVV Jizzaxda qulab tushgan ko‘pqavatli bino bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: FVV

Hodisa bugun, 10-yanvar kuni soat 17:10 larda Jizzax shahar Zilol mahallasi Mustaqillik ko‘chasida yangidan qurilayotgan 6 qavatli uylardan biri qulab tushdi.

Hodisa yuz bergan joyga zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishgan. Hozirda holat o‘rganilmoqda.

Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastki  2 qavati  noturarjoy do‘kon sifatida qurilayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan to‘liq ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring