Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbol. U-16 Osiyo chempionati saralash musobaqasiga qur’a tashlandi

Futbol. U-16 Osiyo chempionati saralash musobaqasiga qur’a tashlandi

Foto: «Ufa.uz»

Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasida U-16 Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi saralashning «B» guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmanistonga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.

Saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 11ta guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qatorida 4ta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblari ham Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring