Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya prezidenti uzr so‘radi

Fransiya prezidenti uzr so‘radi

Fransiya prezidenti Emannuel Makron Albaniya bosh vaziri Edi Ramedan kecha ro‘y bergan holat tufayli uzr so‘radi.

Tashkilotchilar Yevro-2020 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Fransiya – Albaniya uchrashuvidan oldin Albaniya madhiyasi o‘rniga Andorra mamlakati davlat madhiyasini qo‘yib yuborishgan edi. Bundan tashqari «Stad de Frans» stadioni suxandoni ham Albaniyani Armaniston bilan adashtirib yuborgan.

«Prezident Makron Fransiya futbol federatsiyasining xatosi va bizning davlat madhiyamiz borasida yuzaga kelgan vaziyat uchun chin dildan uzr so‘radi.

U buni «qo‘pol xato» deb atadi va futbolchilarimizning munosabatini yuqori baholagan holatda mazkur uzrni e’lon qilishimni so‘radi», – deb yozgan Rame o‘zining «Twitter»dagi rasmiy sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring