Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalarida retro-avtomobillar namoyish etildi (foto)

Toshkent ko‘chalarida retro-avtomobillar namoyish etildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 5-may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘nlab retro avtomobil va mototsikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari O‘zbekiston bayroqlarini ko‘tarib, harbiy okrestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda «Retro Uz» klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam taassurot qoldirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik xalqa yo‘li hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring