Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fojiali YTH: «Lacetti» ko‘prikdan quladi

Fojiali YTH: «Lacetti» ko‘prikdan quladi

Foto: «Nasafnews.uz»

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta tezlikda harakatlangan «Lacetti» qurilish ishlari olib borilayotgan ko‘prik ustidan qulab tushdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 8-oktyabr kuni soat 2:00larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-95 Koson-Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining Koson tumani Ushoqtepa qishlog‘idan o‘tgan 8-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Lacetti» mashinasi haydovchisi harakatlanib kelayotib Ushoqtepa qishlog‘i hududida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘prikdan pastga tushib ketgan. Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring