Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Firibgar tanishlarining 298 ming AQSh dollarini «hazm qilib yubordi»

Firibgar tanishlarining 298 ming AQSh dollarini «hazm qilib yubordi»

Foto: «expert.ru»

2018-yil mart oyida Samarqand Darvoza tor ko‘chasida yashovchi X.U. uyida tanishlari, Toshkent viloyatida yashovchi Z.A., I.A. va Toshkent shahrida yashovchi X.A.larga o‘zini Sergeli tumanida joylashgan, katta miqdorda pul aylanmasi bo‘lgan korxonaning rahbari ekanligini aytib, agarda ular ham foyda olishni xohlasa 100 ming AQSh dollaridan hissa qo‘shishsa, ta’sischi qilib rasmiylashtirishini va har oyda 20 000 AQSh dollari miqdorida foyda olishlarini aytadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentidan tushgan hujjatlar to‘plamida keltirilgan, deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

So‘ng 2018-yilning mart-aprel oylarida X.U. ikki nafar tanishidan 100 mingdan, yana biridan 98 ming, umumiy 298 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni aldov yo‘li bilan olib, o‘zining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuboradi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.U. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring