Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermerning 15 bosh qoramoli tiriklay yonib ketdi (foto)

Fermerning 15 bosh qoramoli tiriklay yonib ketdi (foto)

8-avgust kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘ida joylashgan «Yuldosh ota Xursandbek» fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 80 kv.metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan.

Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Foto:«Dyxx.uz»

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring