Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga rais saylandi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga rais saylandi

Foto:«O‘zA»

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining III konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zAning yozishicha, hozirga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajarib kelgan Xaitov Aktam Axmadovich rais lavozimiga saylandi.

Po‘latov Jahongir Baxtiyorovich raisning birinchi o‘rinbosari etib, Nabijanov Farhod Isroilovich va Kushanov Fahriddin Ne’matullayevichlar esa rais o‘rinbosarlar etib  saylangan.

Shuningdek, hozirga qadar viloyat kengashlarida vazifasini bajaruvchi bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgan raislarning hammasi ovoz berish yo‘li bilan o‘z vazifasiga saylandi. Endi ularga nisbatan vazifasini bajaruvchi iborasi qo‘llanmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring