Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada bir kunda 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi (foto)

Farg‘onada bir kunda 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi (foto)

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 6-7 may kuni Farg‘ona viloyatida bir kunda 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. Ulardan bittasi Davlat xususiy shekriklik asosida qurilgan, 2 tasi yangi davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, yana 2 tasi yangidan ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

Xususan, Uchko‘prik  tumanidagi Tojik mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qo‘qonboy qishlog‘ida Davlat-xususiy sherikchilik asosida «Cheerful Kinder Garden» nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etildi. Muassasa quvvati  120 o‘rinli bo‘lib, viloyat hokimining tashabbusi bilan unda ushbu qishloqdagi 30 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining bepul tarbiyalanishi tashkil etildi. 

Uchko‘prik tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi Farovon mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Yoyilma qishlog‘ida joylashgan 1970 yilda qurilgan 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi qayta ta’mirdan chiqarildi.

Marg‘ilon shahar «Kosibchilik» mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan 38-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan barpo etildi. Ushbu muassasaga xududdagi 160 nafar 3-7 yoshli bolalarni qamrab olinib, 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Shuningdek, Qo‘shtepa tumanidagi 36-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ham yangidan qurilib foydalanishga topshirildi. 

Farg‘ona shahar Xarbiy gornizon xududida ham 61-sonli maktabgacha ta’lim qurib bitkazildi. Zamonaviy, qulay sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu muassasaga ham hududdagi 160 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olinib, 40 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Ochilish marosimlaridan so‘ng 9 may xotira va qadrlash kunini nishonlash maqsadida viloyatning barcha tuman va shaharlarida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar va hodimlari ishtirokida joylarda bayram tadbirlari uyushtirilib, urush qatnashchilari va vatan oldidagi xizmatlarini bajarishda vafot etgan xodimlarning oilalari holidan xabar olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring