Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Farg‘ona viloyati paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Foto:«O‘zA»

Farg‘onalik paxtakorlar mamlakatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejani bajardi.

O‘zAning yozishicha, Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 238 ming 600 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etildi, uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotildi.

Darhaqiqat, g‘o‘zaning hudud sharoitiga mos navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, obi-tobida ekish mo‘l hosilga qo‘yiladigan talablardan biridir. Joriy yilda 2 ming 149 ta fermer xo‘jaliklari 82 ming 80 gektar maydonga chigit ekdi. G‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirishda avvalo hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minoti hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, shuningdek, klaster korxonalari takliflari inobatga olindi.

G‘o‘zaning «S-8290», «Namangan-77», «Sulton», «S-6524» navlari ekilib, agrotexnik tadbirlarga muhim e’tibor qaratildi. Dunyo paxtachiligida tola sifati va hosildorligi yuqori, ertapishar, kasallik va zararkunanda hasharotlarga chidamli, tabiatning turli noqulayliklariga bardoshli g‘o‘za navlarini yaratish eng muhim vazifalardan sanaladi. E’tiborli jihati, bu yil viloyatda 6 ming 980 gektar maydonda yangi navlar sinovdan o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring