Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropadagi ikkinchi davlatda koronavirusga chalinganlar soni milliondan oshdi

Yevropadagi ikkinchi davlatda koronavirusga chalinganlar soni milliondan oshdi

Foto: «Neoskosmos.com»

Fransiya koronavirus bilan kasallanganlar soni million kishidan oshgan Yevropadagi ikkinchi mamlakatga aylandi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari dalolat bermoqda.

Universitet hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakatda 1 000 369 kishi yangi virusni yuqtirib olgan. 34 075 bemor COVID-19 chaqirgan asoratlar natijasida hayotdan ko‘z yumgan.

Fransiya milliondan ortiq aholisida koronavirus aniqlangan dunyo bo‘yicha yettinchi, Yevropa Ittifoqidagi ikkinchi davlatga aylandi. 21-oktyabr kuni Ispaniya ushbu noxush chegarani kesib o‘tgan uyushmaning birinchi davlatiga aylangandi. O‘sha kuniyoq Chexiya hukumati koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qat’iy choralarni e’lon qildi.

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar 41,3 milliondan oshdi, ulardan qariyb 1,13 million nafari vafot etdi, 28 million kishi tuzalgan. Kasallanishlar eng ko‘p AQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Argentinada qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring