Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada odamlar kolbasadan zaharlanib o‘lmoqda

Yevropada odamlar kolbasadan zaharlanib o‘lmoqda

Foto: «Rambler»

Niderlandiyada uch, Germaniyada ikki nafar fuqaro listerioz yuqtirgan kolbasa iste’moli oqibatida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi «Rambler».

Listerioz — og‘ir bakterial infeksiya.

Kolbasa iste’mol qilgan yana bir niderlandiyalik esa homiladorlikning oxirgi oyida farzandidan judo bo‘ldi.

Niderlandiyadagi bir nechta supermarketlar o‘z rastalaridan Alsmerdagi «Offerman» kompaniyasiga tegishli go‘sht mahsulotlarini olib qo‘yishdi. Go‘sht bo‘yicha bu gigant anchadan beri hukumat va sanitariya xizmatlarining diqqat markazida turibdi. Gollandiya kompaniyasi, shuningdek, Germaniya va Belgiyaga ham kolbasa yetkazib bergan, deyiladi internet sahifasida.

Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, so‘nggi ikki yilda Niderlandiyada kolbasaning har xil turlaridagi bakteriyalar sabab 20 ta zaharlanish holati qayd etilgan. Mamlakat oziq-ovqat inspeksiyasi uning manbalarini aniqlash uchun yangi texnik jarayonlardan foydalangan.

Ayni vaqtda yuqtirish manbai topilgan ko‘rinadi, — deydi uning vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, Alsmerda kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar taxminan 130 turdagi kolbasa mahsulotlarini supermarketlardan qaytarib olishgan. Negaki, ular ham listeriya yuqtirgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. 

Niderlandiyadagi shov-shuvli kolbasa masalasi Germaniyadagi hodisa bilan bog‘liqmi-yo‘qmi, hozircha ma’lum emas. Gessendagi «Wilke» zavodida ishlab chiqarilgan kolbasalarni iste’mol qilgan o‘nlab odamlar ham listerioz bilan zaharlangani, ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan ma’lum bo‘ldi. «Wilke» zavodi o‘zining mahsulotini ko‘plab qahvaxona, restoran va supermarketlarga yetkazib bergan, shuningdek, boshqa davlatlarga eksport qilgan. Mazkur go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi gigant zavod faoliyati Germaniya sanitariya xizmatlari tomonidan juma kuni belgilanmagan muddatga to‘xtatib qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring