Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa ligasi finaliga ham ingliz klublari chiqdi — «Arsenal» va «Chelsi»

Yevropa ligasi finaliga ham ingliz klublari chiqdi — «Arsenal» va «Chelsi»

Foto: «Google.com»

Yevropa ligasi yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi va unga ko‘ra Yevropa Chempionlar ligasida bo‘lgani singari finalda ingliz klublari o‘ynaydigan bo‘ldi.

Dastlabki yarim finalda «Arsenal» jamoasi safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushdi va yana g‘alaba qozondi. Uchrashuvda londonliklar to‘liq ustunlik qilishdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda ham «Arsenal» 3:1 hisobida g‘alaba qzoongan edi.

Ammo yana bir ingliz klubi — «Chelsi» uchun final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. «Ayntraxt»ga qarshi Londonda kechgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakuniga yetdi. O‘tgan hafta Germaniyada bo‘lgan o‘yinda ham xuddi shunday hisob qayd etilgan edi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmagach penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.

Bu safar «Chelsi»ga omad kulib boqdi va endi Yevropa ligasi finalida Londonning ikki klubi maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasida ham ikki ingliz klubi — «Tottenxem» va «Liverpul» to‘p suradi.

Yevropa Ligasi
1/2 final, javob bahsi
Valensiya Ispaniya – Arsenal Angliya 2:4 (1:1, 1:3)
Gollar: 1:0 – 11 Gameyro, 1:1 – 17 Obameyang, 1:2 – 50 Lyakazett, 2:2 – 58 Gameyro, 2:3 – 69 Obameyang, 2:4 – 88 Obameyang.
Valensiya – Neto, Garay, Gayya, Pichchini (Soler, 56), Gabriel, Vass, Parexo, Koklen, Gedesh (Ferran Torres, 71), Rodrigo (Santi Mina, 72), Gameyro.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Kolashinats (Mustafi, 71), Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Mxitaryan, 62), Lyakazett, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Garay (38), Gayya (43), O‘zil (62).
Ilk o‘yin – 1:3

Yevropa Ligasi
1/2 final, javob bahsi
Chelsi Angliya – Ayntraxt F Germaniya 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0) Pen.: 4:3
Gollar: 1:0 – 28 Loftus-Chik, 1:1 – 49 Yovich.
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjino, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96).
Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Falett, Xinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Gonsalu Pasiyensiya, 118), Xasebe, Rebich (Aller, 90), Yovich.
Ogohlantirishlar: Falett (38), Rode (40), Kovachich (52), Aspilikueta (82), de Guzman (90), Abraam (90), Dzappakosta (120).
Penaltilar seriyasi: 4:3
Ilk o‘yin – 1:1

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring