Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eski yaralar». Koreyslar Yaponiya proteksionizmiga javob berishmoqchi

«Eski yaralar». Koreyslar Yaponiya proteksionizmiga javob berishmoqchi

Foto: «The Korea Times»

Janubiy Koreya hukumati Tokio o‘rnatgan savdo cheklovlariga o‘z javob cheklovlarini joriy etadi. Bu haqda «Yonhap» axborot agentligi moliya vaziri Xon Nam Kiga asoslanib xabar berdi.

Seul Jahon savdo tashkilotiga taqdim etgan arzida Yaponiya hukumatini Janubiy Koreyadan yarimo‘tkazgichlar va displeylar importini cheklash orqali raqobatbardoshlik sharoitini yo‘qqa chiqarayotganlikda aybladi. Moliya vaziri endi Yaponiyaning ham yuqori texnologiyali mahsulotlari olib kirilishi cheklovga tushishidan ogohlantirdi.

U shuni ham qo‘shimcha qildiki, nizodan har ikki tomon ham zarar ko‘radi, shuning uchun, vaqtni boy bermasdan, kelishib olish kerak.

Ma’lumot uchun: Yaponiya — Janubiy Koreya o‘rtasidagi nizo 2018-yil oxirlarida harbiy mojarolar sababli yuzaga chiqqan, mustamlaka davrida (1910 — 1945-yillar) koreyslarni ezib ishlatgan yapon kompaniyalari mulki xatlab qo‘yilganidan keyin esa yanada chuqurlashib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring