Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga O‘zbekistonda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga O‘zbekistonda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya markazi 12-fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Ertaga Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-4, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.​

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring