Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi 17-may kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-19, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutiladi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring