Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga arzon «iPhone» chiqadi, ammo...

Ertaga arzon «iPhone» chiqadi, ammo...

Foto: «Twitter.com»

«Apple» kompaniyasi ertaga, 12-sentyabr kuni taqdim etadigan «budjet» smartfoni hammaga ham yetmasligi mumkin. Bu haqda «Bloomberg» agentligi o‘z manbalariga asoslanib yozmoqda.

Eng arzon «ayfon» taqchilligiga kompaniyaning ishlab chiqarishidagi muammolar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Aniqrog‘i, kompaniyaga suyuq-kristall displeylar yetkazib beruvchilar ishlab chiqarishni barqaror yo‘lga qo‘ya olishmayapti. Shuning uchun ham ko‘plab mamlakatlarda arzon «ayfon» ta’minotida uzilishlar bo‘lib, u hammabop emas, ko‘proq defitsit telefon maqomini olishi mumkin.

Garchi arzon «ayfon» taqdimoti ertaga tayin qilingan bo‘lsa-da, hech bir insayder uning nomi nima bo‘lishini bilmaydi: «iPhone 9», «iPhone Xc» yoki boshqachami — noma’lum.

Yaqinda «Apple» saytida yangi smartfonning surati paydo bo‘ldi. U besh xil — tillarang, qora, ko‘k, qizil va to‘q sariq rangda chiqariladi. Qurilmaning narxi 800 yevrodan oshmasligi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring