Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng o‘zini qanday his qilayotganini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng o‘zini qanday his qilayotganini ma’lum qildi

Kuni kecha Turkiya prezidenti Anqara shahar shifoxonasida koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar bergandik.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on koronavirusga qarshi emlanganning ertasi kuni o‘zini yaxshi his qilayotganini va 28 kundan so‘ng vaksinaning ikkinchi dozasini olishini ma’lum qildi.

«Vaksinatsiyadan so‘ng menda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. 28 kundan so‘ng ikkinchi dozani qabul qilmoqchiman», — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Payshanba kuni Turkiyada Xitoyning «SinoVac» kompaniyasi vaksinasi bilan emlanish boshlandi. U to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab vaksina shifokorlar va xavf ostida bo‘lganlar tomonidan qabul qilinadi, vaksinatsiyaning birinchi bosqichi 9 millionga yaqin odamni qamrab olishi kutilmoqda. Dastlabki ikki kunda 500 mingga yaqin odam vaksinani qabul qiladi.

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Koja Xitoyning «SinoVac» kompaniyasi vaksinani yetkazib berishni boshlaganini e’lon qilgan edi. Turkiya fevralning oxiriga qadar 50 million dozani olishni kutmoqda. Shuningdek, Turkiya hukumati mart oyining oxiriga qadar Amerikaning «Pfizer» kompaniyasi hamda uning nemis hamkori «BioNTech» tomonidan ishlab chiqarilgan 4,5 million doza koronavirusga qarshi vaksinani sotib olmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring