Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Markaz axborot xizmati

Aziz Xudayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi» davlat muassasasi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda markaz axborot xizmati xabar berdi.

Aziz Xudayev (1986-yilda tug‘ilgan) Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

2008-yildan 2014-yilgacha Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida ishlagan.

2013-2015-yillarda u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi talabasi bo‘lgan.

2015-yildan hozirgi kunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Markaz direktorining yangi o‘rinbosarini AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos jamoaga tanishtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring