Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eldor Shomurodov navbatdagi golini kiritdi. U to‘purarlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda?

Eldor Shomurodov navbatdagi golini kiritdi. U to‘purarlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda?

Foto: Uff.uz

Rossiya chempionatida mavsumning to‘rtinchi turi o‘tib bormoqda. Kecha «Rostov» safarda «Ural»ga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Gollardan birini esa Eldor Shomurodov kiritdi.

Hujumchining mavsumdagi gollari soni uchtaga yetdi. Shu bilan birgalikda bitta golli uzatmani ham amalga oshirgan Eldor ayni vaqtda Rossiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Birinchi o‘rinda 4 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolev bormoqda. Uning bitta goli penaltidan urilgan.

Uchinchi o‘rin esa uchta gol urib, ikkita golli uzatma muallifi bo‘lgan «Zenit» futbolchisi Artem Dzyubaga tegishli. Ammo Dzyuba gollaridan birini penaltidan kiritgani bois Eldordan pastda joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring