Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov Moskvada «Lokomotiv»ga ikkita gol urdi (video)

Eldor Shomurodov Moskvada «Lokomotiv»ga ikkita gol urdi (video)

Foto: Sport Mail.ru

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya chempionatining 7-turida «Rostov» tarkibida Moskvaning «Lokomotiv» klubiga qarshi maydonga tushdi va ikkita gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minlab berdi.

Uchrashuvda rostovliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 41-daqiqasida burchak to‘pidan so‘ng Eldor Shomurodov ajoyib tarzda bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 58-daqiqada esa Ionov tomonidan uzatib berilgan to‘pni Shomurodov raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ushbu natijadan so‘ng «Rostov» 17 ochko jamg‘arib, Rossiya chempionatida birinchi o‘ringa chiqib oldi. Ikkinchi o‘rindagi «Krasnodar» 3 ochko oldinda, ammo bir o‘yin kam o‘tkazgan.

Eldor Shomurodov esa 8 uchrashuvda 7 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring