Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya sohasida Geografik axborot tizimi markazi ish boshladi (foto)     

Ekologiya sohasida Geografik axborot tizimi markazi ish boshladi (foto)     

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Geografik axborot tizimi markazi ochildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy idorasi rahbari Ayday Kurmanova ishtirok etdi.

«Markazning ochilishi endilikda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tizimli ravishda tashkil etish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Qolaversa, markaz texnologiyalari orqali tabiiy resurslardan maqsadli va oqilona foydalanishni tizimli ravishda kuzatish, tevarak-atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish sohasida axborotlar bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi», — dedi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov.

Tadbirda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Yashil o‘sish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Sayidjahon Hasanov «Yashil makon» umummilliy loyihasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Loyiha doirasida ekilayotgan ko‘chatlar monitoringini olib borish hamda ilmiy tadqiqot natijalariga asosan qo‘mita tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilishini alohida urg‘uladi.

Ushbu markaz BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP)ning Markaziy Osiyo bo‘yicha submintaqaviy idorasi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Geografiya institutining ko‘magida tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring