Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX va departament xodimlari kadastr xodimini jinoyat ustida qo‘lga oldi

DXX va departament xodimlari kadastr xodimini jinoyat ustida qo‘lga oldi

Foto: «From-ua.com»

Toshkent viloyat prokuraturasi, viloyat DXX boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi O‘rtachirchiq tumani filiali mutaxassisi fuqaroning nomiga O‘rtachirchiq tumani hududida joylashgan uy va unga tutash bo‘lgan yerlarni rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini talab etib, 1000 dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat bo‘yicha to‘plangan materiallar asosida kadastr xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring