Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda 7 dona qolgan Amir Temur oltinlaridan biri «Milliy bank»da saqlanmoqda

Dunyoda 7 dona qolgan Amir Temur oltinlaridan biri «Milliy bank»da saqlanmoqda

Foto: Xabar.uz

Bank qanday paydo bo‘lganini bilasizmi? Bu so‘zning ma’nosinichi? «Sarrof peshtaxtasi» ma’nosini bildiradigan bank xizmatining ilk ko‘rinishi o‘rta asrlarda Yevropada yuzaga kelgan edi. Aholida pul ko‘paygach, uni maydalash yoki yiriklashtirishga extiyoj paydo bo‘ldi. Aynan shu ishni sarroflar ko‘chalarga peshtaxta qo‘yib, amalga oshirar edi.

Keyinchalik omonat saqlash, kredit berish va boshqa xizmatlarga ehtiyoj sezildi. Shu tariqa ilk banklar yuzaga keldi. Va bu qiziqarli ma’lumotlar «Milliy bank»tomonidan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida maktab o‘quvchilariga yetkazib berildi.

Ayni vaqtda Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 70-maktab o‘quvchilari «Milliy bank» hududida bo‘lib turibdi va bank faoliyati bilan tanishib bormoqda. Bankning har bir bo‘limi haqida alohida ma’lumot o‘quvchilarga yetkazildi va ularning savollariga javob berildi.

Shubhasiz ekskursiyaning eng qiziqarli jihatlaridan biri — «Milliy bank»ning muzeyiga qilingan tashrif bo‘ldi. Yurtimizda miloddan avvalgi birinchi ming yillikdayoq savdo-sotiq yetarlicha rivojlangan. Ahamoniylardan tortib, antik davr tangalarigacha o‘quvchilarga namoyish etildi.

Qalbaki pul tayyorlash — katta jinoyat. Bunga qarshi turish uchun pulda himoya qatlami bo‘ladi. Qo‘limizdagi kupyuraga qarasak, u bir necha himoya qatlamiga ega ekanini ko‘ramiz. Firibgarlarga qarshi himoyalanish o‘rta asrlardayoq boshlangan edi.

Xonliklar davrida pul qimmatbaho metalldan, xususan, oltindan tayyorlangan. Bunday pulni qalbakilashtirishdan tashqari yana bir xavf bor edi. Qalloblar har bir tangadan ozgina-ozgina kesib olishi mumkin bo‘lardi. Qonun himoyachilari bunga qarshi turish uchun pulni himoya qilishgan. Ya’ni, tanganing gir aylanasiga nuqtalar qo‘yib chiqilgan. Natijada tanganing bir chetidan qirib olish ham imkonsiz ish bo‘lgan.

Milliy bank muzeyiga butun dunyodan qiziqish bor. Bu yerda songa emas, sifatga e’tibor beriladi va Buyuk Britaniya muzeyidan kam ko‘rilmaydi. Xususan, Amir Temur davriga oid oltin tangalar dunyo bo‘ylab 7 dona qolgan, holos. Va mana shu tangalardan biri «Milliy bank»da  saqlanadi. Bank yaqinda ushbu tangani sotib oldi va o‘z kolleksiyasiga qo‘shib qo‘ydi.

Sayohat oxirida o‘quvchilar majlislar zaliga taklif etildi. Bu yerda avval bank haqida yana-da batafsilroq ma’lumotlar videoroliklar ko‘rinishida berildi. Yakunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

— Men maktabni bitirib, universitetga o‘qishga kirsam, shartnoma pulini to‘lash uchun kredit olsam bo‘ladimi?
— Albatta. Talabalar uchun ta’lim krediti ajratiladi. Kredit sizning nomingizga rasmiylashtiriladi, ammo ota-onangiz kafil bo‘ladi. Bunday kreditning muddati 10 yildan iborat.

— Mabodo bankdan kredit olgan korxona kasodga uchrab, yopilib ketsa, u olgan kredit taqdiri nima bo‘ladi?
— Kredit berishning o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. Masalan, kredit uchun garovga biror mulk qo‘yilishi lozim. Shunday ekan, bank o‘zini bunday holatlardan kafolatlaydi.

Savol-javob qismidan so‘ng o‘quvchilarga 20 daqiqa vaqt berildi. Ular o‘z taassurotlarini qog‘ozga bitishdi va g‘oliblar taqdirlandi.

«Milliy bank» ochiq eshiklar kuni munosabati bilan tashkil qilgan tadbirlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring