Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarning o‘sishidan AQSh zarar ko‘radi(mi?)

Dollarning o‘sishidan AQSh zarar ko‘radi(mi?)

Foto: «Reuters»

Dollarning jadal o‘sishi Amerika iqtisodiyotiga talafot yetkazmoqda, deb yozmoqda «Bloomberg». Ayrim bozor ishtirokchilari bu retsessiya keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

Kuzatuvlarga ko‘ra, dollar kursini mustahkamlash AQSh transmilliy kompaniyalari daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatish tamoyiliga ega, shuningdek, trillionlab dollar qarzi bor xorijiy korporatsiyalar chiqimini ko‘paytiradi.

Jumladan, dollarning salbiy ta’sirini «Coca-Cola», «Caterpillar», «Boeing» kabi kompaniyalar his qilishmoqda. Iqtisodchilarning fikricha, Amerika valyutasining keyingi har qanday mustahkamlanishi jahon iqtisodiyotiga yoqmasligi tayin.

«Morgan Stanley» va «Brandywine Global Investment Management» dollar dinamikasida jahon va AQShda galdagi retsessiya potensial katalizatorini ko‘rishmoqda hamda yaqin besh yil ichida kursning 25 foizga tushib ketishini prognoz qilishmoqda.

Dollarning omonat ahvoli fonida iqtisodchilar janubiy koreya voni, chex kronasi, yangi zeland dollari, yapon iyenasi va shveysar frankini tanlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dollar kursining mustahkamlanishidan bezovta ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Amerika kompaniyalarining raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring