Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dog‘istonlik Appaz Iliyev 123 yoshida vafot etdi

Dog‘istonlik Appaz Iliyev 123 yoshida vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyaning eng yoshi katta fuqarosi deb tan olingan Appaz Iliyev 10 may kuni 123 yoshida vafot etdi.

Appaz Iliyev hayotlik vaqtida uzoq umr ko‘rish sirlarini aytib ketgan edi. U hech qachon chekmagan va spirtli ichimliklar iste’mol qilmagan. Shu bilan birga kimyoviy dorilarni ham imkon qadar ichmaslikka harakat qilar edi. U har doim to‘g‘ri ovqatlangan: o‘z tomorqasida yetishtirilgan sabzavotlar va sut mahsulotlarini iste’mol qilgan. Mudom buloq suvi ichgan.

Appaz ota har kuni 11 soatdan uxlagan. Yoshi 123ga yetgunga qadar tomorqa ishlari bilan band bo‘lgandi. Appaz Iliyev 10 may kuni koma holatida kasalxonaga keltirilgan va reanimatsiya bo‘limida vafot etdi.

Appaz ota 1896 yilda Dog‘istonning Jeyrax tumani, Guli qishlog‘ida tavallud topgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring