Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat, ushbu shaxs qidirilmoqda!

Diqqat, ushbu shaxs qidirilmoqda!

Foto: Toshkent shahar IIBB

13-avgust kuni soat 20:30 da Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan temiryo‘l boshqarmasi oldida turgan «Spark» avtomobili o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda IIBB  matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari mashinaga o‘tirgan erkakning yuzini yozib olishga ulgurgan. Hozirda gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahar IIBB befarq bo‘lmagan fuqarolardan mashinani o‘g‘irlab qochishga aloqador ushbu shaxsni qo‘lga olishda yordam ko‘rsatishlarini so‘ramoqda.

Gumonlanuvchining belgilari: Yoshi 25—30 atrofida, bo‘yi 175—180 santimetr.

Tergovga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali qabul qilinadi: 102, (71) 232-30-40, (71) 232-40-50 yoki (99) 889-78-58.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring