Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat, bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda!

Diqqat, bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda!

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi bedarak yo‘qolgan Razzoqova Sevinch Abdurasul qizini qidirib topishda yordam so‘raydi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi 2005-yili tug‘ilgan qiz shu yilning 22-iyun kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, qorachadan kelgan, sochi o‘rta uzunlikda jigarrang, ko‘zlari och qo‘ng‘irrang.

U chiqib ketganida egnida oq yozuvli qora futbolka, jinsi shim, qora sandal bo‘lgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi qizni ko‘rgan yoki uning qayerdaligi to‘g‘risida biron bir ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasining 71-2323040, 71-2324050 raqamlariga yoki Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining navbatsi qismiga xabar berishlarini so‘ragan. Telefonlar +998-75-224-43-13, +998-75-221-66-45, +998-75-224-41-85 yoki +998-90-444-70-80, +998-90 -639-57-67.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring