Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Denni Trexo ag‘darilib ketgan mashinadagi go‘dakni qutqarishga yordamlashdi

Denni Trexo ag‘darilib ketgan mashinadagi go‘dakni qutqarishga yordamlashdi

Foto: «Usa Today»

Amerikalik aktyor Denni Trexo Los-Anjelesda YTH oqibatida ag‘darilib ketgan mashinadagi go‘dakni chiqarishga yordamlashdi. Bu haqda «abc7» telekanali xabar berdi.

Aktyor ag‘darilgan transport ichiga bir tomondan kirib, go‘dakni o‘rindiqda tutib turgan xavfsizlik kamarini bo‘shatishga urinadi, biroq buning uddasidan chiqolmaydi. Salonga qarama-qarshi tomondan kirgan boshqa bir guvoh — ayol kamarni tezda bo‘shatishga muvaffaq bo‘ladi.

«Men go‘dakni chiqarishga urindim, lekin kamarni bo‘shatolmadim. Bir ayol ichkariga kirib, kamarni bo‘shatdi, men esa bolani chiqarib oldim», — deydi Trexo.

Uning aytishicha, mashinada boladan tashqari keksa ayol ham bo‘lgan. Aktyor haydovchilardan biri qizil chiroqda o‘tib ketganini ham qo‘shib qo‘ydi.

Los-Anjeles yong‘in xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, uch nafar inson shifoxonaga yetkazilgan, ularning hayoti xavf ostida emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring